35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahallalarda amaliy ishlar davom etmoqda

Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Izboskan tumanida ishchi guruh tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Mahallalarda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning bandligi, daromadlarini oshirish, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilmoqda.

Jarayonlarda viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Yunusova, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, “Adolat” SDP viloyat Kengashi raisi o‘rinbosari Q. Qayumov hamda Izboskan tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Azizova ishtirok etmoqda.