35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xotin-qizlar uchun yangi imkoniyat — kasanachilik markazi tashkil etildi

Xotin-qizlar uchun yangi imkoniyat — kasanachilik markazi tashkil etildi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati M. Xidirova tashabbusi bilan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarini oshirish maqsadida Qaroli mahallasida kasanachilik markazi tashkil etildi.
📌Mazkur markazda xotin-qizlarga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘z mehnati orqali daromad topishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.
📌Ayniqsa, uy sharoitida mehnat qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarni kasanachilikka jalb etish orqali ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va oilaviy farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📌 Kasb egallash — yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
📌Mazkur tashabbus xotin-qizlarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi va oila farovonligini ta’minlashda muhim qadam bo‘lmoqda.

👉Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi — aholi bandligi va farovonligi yo‘lidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi!

Slide 1 of 3