📌 Ehtiyojmand oilalar doimiy e’tiborda: Deputat va mahalla yettiligi xonadonbay o‘rganishlar olib bormoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Mirzabekov, tuman hokimligi xodimlari hamda mahalla yettiligi hamkorligida hududdagi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadonlariga uyma-uy kirib, tizimli o‘rganishlar olib borilmoqda.
Xonadonbay muloqotlar davomida oilalarning real yashash sharoitlari, daromad manbalari va ijtimoiy ehtiyojlari yaqindan o‘rganilmoqda. Aniqlangan muammolar asosida ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiyalar ajratish hamda moddiy ehtiyojmand xonadonlarga manzilli yordam ko‘rsatish choralari ko‘rilmoqda.
Asosiy maqsad — har bir muhtoj oilaning muammosini joyida hal etish va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq iqtisodiy mexanizmlarni ishga solishdir.