35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi

 Ochiq muloqotda bank kreditlaridan foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va mavjud biznesni kengaytirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish uchun zarur joy ajratish, kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar, shuningdek boshqa tashkiliy va amaliy muammolar
yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqilib, muammolarni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Uchrashuv davomida ko‘rib chiqilgan 11 ta masalaning 4 tasiga shu joyning o‘zida yechim topildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan 7 ta murojaat tegishli mas’ullarga yo‘naltirilib, ularning ijrosi alohida nazoratga olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 3