35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

TASHQI REKLAMA VA IJTIMOIY AXBOROT — DEPUTAT NAZORATIDA

 TASHQI REKLAMA VA IJTIMOIY AXBOROT — DEPUTAT NAZORATIDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibidagi 24-band — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-son qarori ijrosini ta’minlash masalasi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
🔎 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan tuman hududidagi oshxona va restoranlarda tashqi reklama hamda ijtimoiy axborotning aylanishi sohasidagi munosabatlar bo‘yicha belgilangan talablarning ijrosi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida umumiy ovqatlanish shoxobchalarida joylashtirilgan tashqi reklama vositalari va ijtimoiy axborotlarning amaldagi talablarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratildi.
📍 Maqsad — tadbirkorlik subyektlarida tashqi reklama va ijtimoiy axborotni joylashtirish madaniyatini oshirish, qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash hamda aholi uchun axborot muhitini tartibli va sifatli tashkil etishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 1