35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlashda mavjud muammolarni aniqlash, ularni manzilli o‘rganish va amaliy yechimlar ishlab chiqish, yoshlarning taklif va tashabbuslarini Kengash faoliyatiga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida yoshlar masalalarini tizimli ravishda o‘rganib borish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda yoshlarning ijtimoiy faolligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4