Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha TAVSIYALAR asosida “Tomdibuloq” OFY Yangi Tomdi qo'rg'oni hududidagi yo‘l bo‘yiga ekilgan daraxtlarning holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan ko‘kalamzorlashtirish ishlari, yo‘l bo‘ylariga ekilgan daraxt va ko‘chatlarning holati, ularni parvarishlash hamda sug‘orish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, ekilgan daraxtlarni saqlab qolish, ularning yaxshi rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, yashil hududlarni kengaytirish va yo‘l bo‘ylarining obodonlashtirish holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud daraxtlarni asrab-avaylash, ularni muntazam parvarishlash va sug‘orish, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🌱 Yashil hududlar — obod va farovon kelajak garovi!