O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar hamda huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni aniqlash, jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirish va mahallada tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.