35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Deputat tomonidan oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq  O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Kamalov tomonidan tumanning “Barraj” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinika filialida tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda tibbiy xodimlarning faoliyati o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida filialda aholini qabul qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, bemorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, zarur tibbiy ko‘rik va maslahatlarni tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutish joylari, xonalarning holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda fuqarolarga qulay muhit yaratilganligi ko‘zdan kechirildi.

🔻Deputat tibbiy xodimlar bilan suhbatlashib, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar murojaatlariga e’tiborli munosabatda bo‘lish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida fuqarolarning manfaatlarini ustuvor qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

🔻O‘rganish davomida, filialning moddiy-texnik imkoniyatlari, mavjud tibbiy jihozlardan samarali foydalanish, ularning soz holda saqlanishi va aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2