🏫 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
🔰 Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev va Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi kotibiyati xodimi Sh.Tursunqulovlar tomonidan Oqoltin tumanidagi 13-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini joyiga chiqib o‘rgandi.
🔎 O‘rganish davomida maktabda 136 nafar o‘quvchi tahsil olayotgani, ta’lim muassasasini isitish uchun mavsum davomida 90 tonnaga yaqin ko‘mir sarflanishi ma’lum bo‘ldi.
Ayni kunda maktabga 80 tonnadan ortiq ko‘mir yetkazib berilgani aniqlandi. Mavsumni barqaror o‘tkazish uchun zarur yoqilg‘i zaxirasini shakllantirish masalasi ham nazoratga olindi.
🔥 Shuningdek, maktabda amaldagi standartlarga mos ko‘mirxona tashkil etish bo‘yicha loyihalash ishlari olib borilayotgani qayd etildi.
📌 O‘rganish jarayonida maktabning isitish tizimi, yoqilg‘i zaxirasi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.