Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Aliyev tomonidan “100 mahalla — yagona muammolar xaritasi, yagona rivojlanish yo‘li” loyihasi doirasida Gumbaz mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🤝 O‘rganish jarayonida mahalla faollari, ko‘cha faollari hamda aholi vakillari bilan uchrashilib, hududdagi mavjud holat, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar va mahallani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.