35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputatlari o‘zMTDP a’zosi K.Muxitdinova, 2-“Do‘stlik” okrugi deputati O‘zMTDP a’zosi K.Shukurov tomonidan 12-maktabda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi. O‘rganishda ja’mi maktabda 5 ta isitish qozonxonalari mavjud bo‘lib, ularda 7 ta issiqlik qozonlari o‘rnatilgan. Bugungi kunda shulardan bittasi sport zalini isitishga mo‘ljallangan qozon nosoz holatga kelib qolgan. Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat etildi. Ushbu nosoz isitish qozonini ichki imkoniyatlardan kelib chiqib yangisiga almashtirish choralari ko‘rilishi yuzasidan tushuntirish berildi. Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar berildi. 

   

Slide 1 of 5