Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining navbatdagi III chaqiriq o'ttiz beshinchi sessiyasi
8-sentabr kuni bo'lib o'tadi.
📆 Kun tartibidagi asosiy masalalar:
1-masala
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashiga
1-Shifokorlar, 11-Umid, 22-Yangi Sebzor, 26-Farobiy, 28-Chimboy saylov okruglaridan bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovining natijalari to‘g‘risida;
2-masala
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining doimiy komissiyalari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
3-masala
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil
7-fevraldagi PQ-48-sonli Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qaror ijrosini ta’minlash hamda Olmazor tumanida 2026-2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida;
4-masala
“Toshshaharnur” DUK Olmazor tumani tashqi yoritish tarmoqlarining 2026-yilda amalga oshirayotgan ishlari, mavjud tarmoqlarning texnik holati hamda hududlarni tashqi yoritish bilan ta’minlash samaradorligi to‘g‘risida.
📌Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar belgilanadi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!