KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Abdujalil Xasanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan “Ahil” MFY hududida joylashgan 315-sonli umumta’lim maktabida 2026–2027-yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, issiqlik tizimlari, isitish uskunalarining sozligi, bino va xonalarning qish mavsumida foydalanishga tayyorligi, shuningdek, o‘quvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mavsum davomida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, o‘quvchilar va pedagoglar uchun munosib sharoit yaratish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish maqsadida mas’ullar bilan tegishli masalalar muhokama qilindi.
🏫Deputatlik nazorati — Amaliy natija uchun
💡Joyiga chiqib o‘rganishlar orqali mavjud kamchiliklarni aniqlash, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bartaraf etish va ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumini barqaror hamda xavfsiz o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan choralar belgilanmoqda.
🇺🇿 Inson qadri — har narsadan ustun!
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!