35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

POYGABOShI MAHALLASIDA «SOBIR ARIQ» BETONLANMOQDA

🇺🇿 POYGABOShI MAHALLASIDA «SOBIR ARIQ» BETONLANMOQDA

💧 Bugun xalq deputatlari viloyat Kengashi bosh mutaxassisi S.O'ktamov, tuman Kengashi kotibiyati xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida «Poygaboshi», «Obi» va «Mustaqillik» MFYlaridan o‘tuvchi «Sobir ariq»ni ta’mirlash va betonlash ishlari o‘rganildi.

✅ Mazkur ishlar hududda irrigatsiya tizimini yaxshilash, suv resurslaridan samarali foydalanish hamda aholi va qishloq xo‘jaligi ob’ektlarini suv bilan ta’minlash imkoniyatlarini yanada oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

📌 Ma’lumot uchun: loyiha doirasida «Sobir ariq»ning 2 kilometr qismi betonlanadi.
💰 Loyihaning umumiy qiymati 2,0 mlrd so‘mni tashkil etadi.

🤝 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni, ularning sifati va belgilangan talablar asosida bajarilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 5