35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatilari G‘.Axmedov, N.Turdiyevlar tomonidan Yangi hayot mahallasi Matonat ko‘chasida ko‘cha boshisi O.Kenjayev bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida ko‘cha aholisi tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, yangi o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlarining ishlamayotgani, ko‘chaga oqar suvi yetib kelmayotgani hamda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

📌 Fuqarolar murojaati — deputat nazoratida.

Slide 1 of 6