35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari o‘rganildi

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududidagi mahalla yettiligi bilan birgalikda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyati, fuqarolar bilan ishlash, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash va ularni hal etishda mahalliy Kengash deputatining o‘rni hamda vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, deputatlik nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.

O‘rganish yakunida mahallada aholi manfaatlarini ta’minlash, mavjud muammolarga amaliy yechim topish hamda deputat va mahalla yettiligi hamkorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3