35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Elektr ta’minotidagi muammo nazoratga olindi

Elektr ta’minotidagi muammo nazoratga olindi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati tomonidan 2026-yil 21-avgust kuni “Yangiyer” MFY, Yangihayot ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv davomida hududdagi muammolar o‘rganildi.

Uchrashuvda fuqarolar tomonidan ko‘chada elektr energiyasi kuchlanishining pastligi, mavjud tarmoq quvvatining yetarli emasligi hamda ayrim xonadonlarda elektr jihozlaridan foydalanishda noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.

Mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ullarga deputatlik so‘rovi yuborilib, elektr ta’minoti holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish, yangi qurilgan elektr tarmog‘ining texnik imkoniyatlarini aniqlash hamda aholi xonadonlarini ushbu tarmoqqa ulash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

Deputatlik so‘roviga tuman “Elektr ta’minoti” mutaxassislari tomonidan berilgan javobga ko‘ra, “Yangiyer” MFY Yangihayot ko‘chasida davlat dasturlari asosida yangi havo elektr uzatish tarmoqlari qurilgan.

O‘rganish davomida yangi tarmoqda ayrim kamchiliklar mavjudligi sababli aholi xonadonlarini ushbu tarmoqqa ulash ishlari vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning III choragi oxirigacha yangi qurilgan elektr tarmog‘idagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda “Yangiyer” MFY, Yangihayot ko‘chasida yashovchi aholi xonadonlarini yangi tarmoqqa ulash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.