Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini o‘rganish
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 5-Uchqizil saylov okrugi deputati Sh. Norsayev tomonidan saylangan Uchqizil MFY hududida mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning muammo va takliflarini aniqlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, oilaviy muammolarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning profilaktikasi, yosh qizlar bilan ishlash hamda mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi.