35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining 17-Katta Oltintepa okrugi deputati, O‘zbekiston Ekologik partiyasi a’zosi Shoxida Nasridinova “Katta Oltintepa” “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy masalalari, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar hayoti, oilalarni mustahkamlash, hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdilar.

Hisobotlar muhokama qilinib, mahalladagi mavjud muammolar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar va obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil yetish yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Ushbu o'rganishda xalq deputatlari Mirzo Ulug'bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3