35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Parchayuzda zamonaviy tibbiyot maskani foydalanishga topshirildi

Parchayuz mahallasida aholi uchun yana bir quvonchli voqea — “Parchayuz” oilaviy shifokorlik punktining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minov hamda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi J.Bo‘rixo‘jayev ishtirok etdi.

Yangi binoda aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu kabi ezgu tashabbuslar mahallalarda tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Parchayuz aholisi uchun zamonaviy va qulay tibbiy xizmat sari yana bir muhim qadam!

Slide 1 of 4