35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan Olmazor mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida aholini kuz-qish mavsumida tabiiy gaz bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash, mavjud gaz infratuzilmasining holati hamda mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

🛠 Shuningdek, hududdagi gaz turbalarini yangilash ishlari boshlanish arafasida ekani qayd etilib, mazkur ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, ishlarning borishi deputatlik nazoratiga olindi.

🏠 Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik — aholi farovonligi va xotirjamligining muhim garovi!

Slide 1 of 1