Aholi uchun piyodalar yo‘lakchasi barpo etilmoqda
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K. Xaitov o‘z saylov okrugiga kiruvchi Boshrabot MFYda aholi murojaatlari va hududdagi mavjud ehtiyojlarni o‘rganish asosida piyodalar uchun yo‘lakcha qurish ishlarini tashkil etishga e’tibor qaratmoqda.
✅ Hozirda mahallada 800 metr uzunlikda, 1,5 metr kenglikda va 10 santimetr qalinlikdagi piyodalar yo‘lakchasini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Mazkur yo‘lakchaning qurilishi mahalla aholisi, ayniqsa, piyodalarning harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratishga xizmat qiladi.
✅ Bunday amaliy ishlar aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va saylovchilar manfaatlarini himoya qilishda deputatlik nazoratining muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.