YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati F. Akramova, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati U. Fayziyeva ishtirokida Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
🎉 Tadbir davomida yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, aholi, ayniqsa, keksalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, ular uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar xususida fikr almashildi.
🤝 Shuningdek, markazda istiqomat qilayotgan keksalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning hayotiy tajribalari, fikr va takliflari tinglandi. Keksalarga yurtimizda inson qadri va manfaatlariga yuksak e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
🇺🇿 Mustaqillik — tinchlik, birdamlik va farovon kelajak timsoli!
Barchamizning ezgu maqsadimiz — yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida munosib hissa qo‘shishdir!