Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich o‘zi saylangan “Naymanko‘l” OFY hududidagi 1-Nayman saylov okrugida joylashgan Oilaviy shifokorlik punktida bo‘ldi.
📌 O‘rganish davomida hudud aholisiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilishi, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.
👨⚕️ Deputat tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholining tibbiy ko‘makdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularning yechimiga ko‘maklashish muhimligini ta’kidladi.