📍 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati
M. Yaxshimuratova, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova hamda O‘zbekiston XDP tuman Kengashi raisi
O. Akimova 8-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi bilan tanishdilar.
🔎 O‘RGANISH DAVOMIDA:
• o‘quvchilarning musiqa va san’at yo‘nalishlaridagi mashg‘ulotlari;
• yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar;
• maktabdagi mavjud shart-sharoitlar;
• o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
🤝 HAMKORLIK MAQSADI
Yosh avlodning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, ularni san’atga keng jalb etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga ko‘maklashish.
🌟 YOSHLARGA E’TIBOR — KELAJAKKA E’TIBOR!