Jinoyatchilikning oldini olish — deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Axmedov hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Yangi hayot mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi profilaktika inspektori tomonidan hudud ko‘chalariga o‘rnatilgan kuzatuv kameralaridan samarali foydalanish masalasi ko‘tarildi. Xususan, mazkur kameralarni profilaktika inspektori xonasidan doimiy kuzatib borish imkoniyatini yaratish bo‘yicha taklif bildirildi.
Deputatlar tomonidan ushbu taklif yuzasidan tegishli mas’ul rahbarlar bilan muzokaralar olib borilib, masalaning yechimi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berish va zarur choralarni ko‘rish yuzasidan kelishib olindi.