Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining 18-Markaziy saylov okrugi deputati Sh.Karimov Do‘stlik mahallasidagi Y.Rajabiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Murojaatda ko‘chadagi mavjud elektr simyog‘ochlarni zamonaviy beton simyog‘ochlarga almashtirish masalasi ko‘tarilgan.
Deputat tomonidan hududdagi mavjud holat ko‘zdan kechirilib, fuqarolar bilan suhbat davomida muammoning dolzarbligi va aholi uchun xavfsiz hamda barqaror elektr ta’minotini ta’minlash masalalari o‘rganildi.
O‘rganish natijasida mazkur masalani tegishli mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish va muammoni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.
🤝 Fuqarolar murojaati — deputat e’tiborida!