SAYLOV NATIJALARI TASDIQLANDI
OLMAZOR TUMANI SAYLOV KOMISSIYASINING QARORI
📌 Olmazor tumani Saylov komissiyasining 2026-yil 18-avgustdagi 26-sonli qarori bilan Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashiga 1-Shifokorlar saylov okrugidan bo‘shab qolgan deputatlik o‘rniga o‘tkazilgan saylov natijalari tasdiqlandi.
🔹 Saylov yakunlariga ko‘ra, Tulyaganov Kudratilla Asatullayevich Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati etib saylandi.
🏛 Partiyaviy mansubligi:
Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP).
📄 Mazkur qaror bilan saylov natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputatligiga saylangan Tulyaganov Kudratilla Asatullayevichni ushbu mas’uliyatli vazifaga saylangani bilan muborakbod etamiz!
⚡️Deputatlik faoliyatida xalq manfaatlarini munosib himoya qilish, saylovchilar murojaat va takliflarini o‘rganish hamda hudud rivojiga munosib hissa qo‘shish borasidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!