35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi D.Safarova tuman Kengashining doimiy komissiya raislari bilan birgalikda bo‘lajak navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalarni tuman ijro etuvchi hokimiyati organlari vakillari ishtirokida atroflicha o‘rganib chiqdi.

O‘rganishlar davomida xalq vakillari tomonidan tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining ijrosi, mahalliy budjet parametrlari, hududda aholi bandligini ta'minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar qat'iy nazoratga olindi. Shuningdek, kommunal soha, ta'lim, tibbiyot va boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi masalalar yuzasidan mas'ul rahbarlarning axborotlari muhokama qilindi.

Deputatlar har bir masala bo‘yicha joylardagi mavjud muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni hal etish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar berdilar. Sessiya kun tartibidagi masalalarni sifatli tayyorlash, ularning ijrosini ta'minlashda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.