Payshanba — Yoshlar kuni doirasida Andijon pedagogika texnikumida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan fleshmob tashkil etildi.
Tadbir davomida Vatanimiz tinchligi, yurtimizdagi osoyishta hayot va mustaqillik ne’matlariga shukronalik tuyg‘ularini yoshlar orasida keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Fleshmobda texnikum ustozlari hamda turli yosh vakillari faol ishtirok etib, bayramona ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar.
🇺🇿 Tinch va farovon hayotimiz, mustaqil Vatanimiz — eng ulug‘ ne’mat!
Tadbir Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan tashkil etildi.