Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz o‘quvchi-yoshlar va qadrli ota-onalar!
Barchangizni 2-sentabr — “Bilimlar kuni” hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ta’lim va ilm — inson kamoloti, jamiyat taraqqiyoti va yurt kelajagining mustahkam poydevoridir. Bugun bilim olishga intilayotgan har bir yoshning ezgu orzulari, kelajakdagi yutuqlari va bunyodkorlikdagi hissasi Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladi.
Aziz o‘quvchi-yoshlar! Sizlarga yangi o‘quv yilida mustahkam bilim, yuksak marralar, izlanish va intilishda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hurmatli ustozlar, sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingizga kuch-g‘ayrat, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik yor bo‘lsin.
Barchangizga sog‘lik, baxt-saodat, yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar va yorqin kelajak tilayman!
Bilimlar kuni muborak bo‘lsin!
A.Mahkamov
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi