35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kotib

Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bayramona ruhda nishonlanmoqda.

Ana shunday tantanali tadbirlardan biri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 210-sonli umumta’lim maktabida ham yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Unda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining
15-Yuzrabot okrugi deputati, Adolat SDP a’zosi Botir Nurmatov ishtirok etdi.

Tadbirning eng quvonchli va hayajonli lahzalaridan biri — maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarining tantanali ravishda topshirilgani bo‘ldi.

Birinchi qo‘ng‘iroq va yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Slide 1 of 3