#Tabrik #Mustaqillik_muborak #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati
🇺🇿 AZIZ VATANDOSHLAR!
🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yillik shonli bayrami bilan chin qalbdan tabriklaydi!
✨ Mustaqillik bizga o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, kelajak avlod uchun tinch, obod va farovon Vatan barpo etish imkonini berdi.
🔄 O‘tgan yillar davomida mamlakatimiz ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun azim Toshkentimiz ham yangilanish va bunyodkorlik timsoli sifatida yanada go‘zal, zamonaviy va yashash uchun qulay poytaxtga aylanib bormoqda.
💐 Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayzu baraka, ezgu ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
🕊 35 yillik Mustaqillik bayramimiz muborak bo‘lsin!
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash