35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Yangi loyiha — yangi imkoniyatlar! 🏗

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat D.Shaxmayev hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Djabborov tomonidan Bobur Mirzo mahallasida aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan investitsiya loyihasining qurilish jarayoni o‘rganildi.

Mazkur loyiha — mahalla aholisi uchun yangi ish o‘rinlari, barqaror daromad manbalari va munosib mehnat sharoitlari yaratish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

Deputatlar loyiha doirasidagi ishlarning borishi bilan tanishib, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Har bir yangi loyiha — yangi imkoniyat.
Har bir yangi ish o‘rni — oilalar farovonligi!

Slide 1 of 7