35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#19_1_modda

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Agrar qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 19-saylov okrugi deputati K. Oripov Fayzobod mahallasidagi 42-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qo‘shimcha bino qurilishi bilan tanishdi.

Loyiha doirasida 3 mlrd 192 mln so‘m mablag‘ evaziga 210 o‘rinli qo‘shimcha o‘quv binosi barpo etilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, bajarilish jarayoni hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 4