35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Biriktirilgan tashkiloti bilan deputat birgalikda, hamkorlikda ish olib borayotganligi FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI


Biriktirilgan tashkiloti bilan deputat birgalikda, hamkorlikda ish olib borayotganligi
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati N.Dushyeva, tuman Elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Sh.Bayjigitov hamda “Tinchlik” MFY faollari hamkorligida mahalla hududida yashovchi fuqarolarning murojaatlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🔰O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududida elektr ta’minoti quvvati yetarli emasligi, buning natijasida xonadonlardagi maishiy texnikalarning ishdan chiqish holatlari kuzatilayotgani hamda mahalla hududidagi eskirgan yog‘och elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish masalasidagi murojaatlar tinglandi.

🔰Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar deputat va mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4