XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
✅Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala 2026 yil yanvar-avgust oyi yakunlarida Bandixon tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida Bandixon TET boshligi Y.Toshboyevning H I S O B O T I komissiya aʼzolari tomonidan muhokama qilindi.
MAHALLALAR KESIMIDA AMALGA OSHIRILGAN ASOSIY ISHLAR:
✅"Bag‘rikeng" MFY: 1 dona zamonaviy transformator punkti o‘rnatilib, 0,9 km yangi tarmoq qurildi;
✅"Quduqsoy" MFY: 34 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, 0,75 km elektr tarmoqi tortildi;
✅"Navro‘z" MFY: 18 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, 0,7 km tarmoq qurildi;
✅"Gulbog‘" MFY: 1 dona 63 kVA transformator punkti, 24 dona temir-beton tayanch o‘rnatilib, 0,8 km tarmoq barpo etildi;
✅"Obikor" MFY: 18 dona temir-beton tayanch o‘rnatildi;
✅"Qaldirg‘och" MFY: 261 dona temir-beton tayanch o‘rnatildi;
✅ "Paxtakor" MFY: 223 dona temir-beton tayanch o‘rnatildi.
📊 UMUMIYLASHGAN STATISTIKA VA MUKAMMAL TA’MIRLASH ISHLARI:
🔹 Temir-beton tayanchlar: 2026-yilning o‘tgan davrida tuman bo‘yicha jami 560 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi;
🔹 Mukammal ta’mirlash: Bandixon TET tomonidan 0,4-6-10 kV li liniyalarning 121,9 km qismi mukammal ta’mirlandi, shuningdek, 36 dona transformator punktlari to‘liq yangilandi;
🔹 "Tashabbusli byudjet": "Paxtakor" MFYda byudjet mablag‘lari hisobidan 4 dona transformator, 7,8 km tarmoqni yangilash ishlari olib borilib, rejadagi 229 tadan 223 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi;
🔹 "Qaldirg‘och" va "Obikor": Bu mahallalarda 4 dona transformator, 14,2 km tarmoqni yangilash hamda 3,8 km elektr havo liniyalarini qurish ishlari jadal davom etmoqda.
✅ TUMANDAGI UMUMIY ELEKTR ENERGIYASI INFRATUZILMASI:
✅ Transformator punktlari: 495 dona;
✅Elektr liniyalari: 885 km (0,4-6-10 kV);
✅ Tayanch ustunlar: Jami 25 635 dona (qo‘shimcha 3 601 dona tayanch o‘rnatilishiga ehtiyoj mavjud);
✅Substansiyalar: 9 dona yuqori kuchlanishli 35/6-10 kV nimstansiya hamda 32 km yuqori kuchlanishli 35 kV li elektr liniyalari mavjud.
✅Amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar tumanimizda elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash hamda aholi uchun munosib sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.