35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

#okrugda_organish

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 13-Xo‘jaqishloq saylov okrugi deputati N. Mo‘minova tomonidan saylov okrugidagi 6-sonli oilaviy poliklinikada aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati, shuningdek, dori-darmon vositalari bilan ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur masala tuman Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining navbatdagi Kengash sessiyasidagi hisoboti yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.

Aniqlangan holatlar va mavjud muammolar yuzasidan tegishli takliflar shakllantirilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3