✅ Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 13-Xo‘jaqishloq saylov okrugi deputati N. Mo‘minova tomonidan Saribozor mahallasida fuqarolar murojaati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 Murojaatda mahalladagi 30-sonli umumta’lim maktabi hududida joylashgan aholi iste’mol transformatorini maktab hududidan tashqariga chiqarish masalasi ko‘tarilgan.
🔹 Mazkur masala tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’ul xodimlari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilib, muammoni hal etish yuzasidan tegishli kelishuvga erishildi.
📝 Murojaatni nazoratga olish va ijobiy hal etish maqsadida masala “Deputat daftari”ga kiritildi.