35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

KOSIBLAR MAHALLASIDA IChIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI

KOSIBLAR MAHALLASIDA IChIMLIK SUVI TA’MINOTI MASALASI O‘RGANILDI

🚨 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi deputati Zohida O‘zbekova Kosiblar mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarning ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini o‘rgandi.

🚨 O‘rganish davomida mahallaning ichki qismida 1979 yilda tortilgan asosiy suv quvurining eskirganligi sababli aholini yetarli darajada ichimlik suvi bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelayotgani aniqlandi.

🚨 Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan Boysun tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Y.Jo‘raevga deputat so‘rovi yo‘llanib, Kosiblar mahallasidagi ichki asosiy suv quvurini almashtirish uchun zarur mablag‘ ajratishda amaliy yordam so‘raldi.

🚨 Deputatning ta’kidlashicha, aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni tegishli mutasaddilar oldiga qo‘yish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash mahalliy Kengash deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

🚨 Mazkur masalaning hal etilishi Kosiblar mahallasi aholisining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini yaxshilash va ular uchun munosib sharoit yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3