35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Kengash qarori ijrosi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “13-Muqimiy” saylov okrugi deputati R.Yegitaliyev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 2026-yil 6-iyundagi "tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash hamda joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida"gi VII-23-42-11-152-K/26-sonli qarori ijrosi o‘rganildi.

🔴O‘rganish doirasida "Ittifoq" mahalla fuqarolar yig‘i "Nurafshon" ko‘chasining 400 metr qismini asfaltlash belgilangan bo‘lib, hozirda mazkur ko‘chani asfalt bosishga tayyorlov ishlari amalga oshirilmoqda.

✍O‘rganish yakunlari bo‘yicha asfaltlashtirish ishlarini belgilangan standartlarga mos ravishda, sifatli hamda o‘z vaqtida foydalanishga topshirish yuzasidan deputat nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 5