Oliy Majlis Senati binosida tashkil etilgan mazkur seminar onlayn va oflayn — gibrid formatda o‘tkazilmoqda. Unda tanlovning mazmun-mohiyati, maqsad va vazifalari, huquqiy asoslari, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish tartibi, bosqichlari, talablar hamda nominatsiyalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berilmoqda
Shuningdek, ishtirokchilarni baholash mezonlari, taqdim etiladigan hujjatlar va dalillarni baholash, apellyatsiya tartibi, hududlarda tanlovni samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar muhokama qilinmoqda.
Seminarda xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi studiyasidan Termiz shahar Kengashi deputatlari ham ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda ishtirok etmoqda.
Mazkur o‘quv seminari hududlarda “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish, ishtirokchilar uchun teng va shaffof shart-sharoitlarni ta’minlash hamda gender tenglik yo‘nalishidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.