Deputatlik so‘rovi asosida ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 17-"Miskin" saylov okrugi deputati Ziyo Parizod Azamat qizi tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi asosida saylov okrugidagi Muxbir va Taraqqiyot ko‘chalarida asfalt yotqizish ishlari olib borilmoqda.
📌 Deputat hududga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar jarayoni bilan tanishdi. O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining holati, qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilindi.
✅ Mazkur ishlar fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan yo‘l muammolarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, transport qatnovi xavfsizligini ta’minlash hamda aholi turmush sifatini oshirishga xizmat qiladi.
👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!