35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

YUNUSOBOD TUMANINING KOMPLEKS IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI BO‘YICHA MUHIM QAROR QABUL QILINDI

2026-yil 24-avgust kuni Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining III-24-62-14-206-K/26-son qarori qabul qilindi.

✔️Mazkur qaror bilan Yunusobod tumanini 2026-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining ikkinchi chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot ma’lumotlari ma’qullandi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab berildi.

📝Qarorda tumanning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan 8 ta asosiy yo‘nalish belgilangan:

🔺sanoatni rivojlantirish;
🔺qurilish sohasini rivojlantirish;
🔺xizmatlar sohasini kengaytirish;
🔺hududiy eksport va investitsiyalar hajmini oshirish;
🔺tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
🔺aholi bandligi va daromadlarini oshirish, ishsizlik hamda kambag‘allikni qisqartirish;
🔺yashil tamoyil va yondashuvlarni keng joriy etish;
🔺ijtimoiy sohani rivojlantirish.

📊Shuningdek, dastur ijrosini ta’minlash, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda belgilangan vazifalarning bajarilishini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi tomonidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi turmush farovonligini yuksaltirish va yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan vazifalarning ijrosi doimiy e’tiborda bo‘ladi.

🇺🇿Barqaror rivojlanish — farovon hayot va munosib kelajak garovidir!

Bizni kuzatishda davom eting!