35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.

❗️ Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Tashkiliy-nazorat, ijro va tahlil bo‘limi boshlig‘i Abdullayev Ilhom Vaxabjanovich, hududiy kengash a’zolari, Toshkent shahar tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab hududiy kengning kun tartibidan o‘rin olgan birinchi masala Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi va uning tizimida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar qilinadigan ustuvor vazifalar to‘g‘risida Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ganiev Zabixulla Xamidullaevichning hisoboti tinglandi.

📁 Shuningdek kun tartibidagi navbatdagi masala Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2026-yil 6 oyida amalga oshirilayotgan ishlar holati hamda 2026-yil yakuniga qadar rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari - Bosh muhandis – Xo‘jabekov Muxiddin Bahodir o‘g‘li hisobotini yig‘ilish qatnashchilariga taqdim etdi.

📇 Bundan tashqari “Toshkent invest kompaniya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Shakirov Bahrom Askaraliyevichning korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirgan ishlari va yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobot berdi.

📉 Kun tartibidan o‘rin olgan keyingi masala “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” unitar korxonasi rahbari Raxmanov Abrorjon O‘ktamovich tomonidan ochiqlikni ta’minlash, korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil hisobot berildi.

💡 Shuningdek yig‘ilish davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirilgan ishlar va yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. – Sadiqov Saidamin Abduvaqosovich hududiy kengash kengash a’zolariga hisobot berdi.

💼 Kun tartibidagi navbatdagi Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va uning tizimida raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, korrupsiya holatlarining oldini olish, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir 2026-yil 6 oyida amalga oshirgan ishlari va yil yakuniga qadar qilinadigan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i – Isabekov Botir Abdullayevich batafsil hisobot berdi.

💬 Yig‘ilish davomida hududiy kengash a’zolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2021 yil 19 avgustdagi 4-son bayoni 1 va 2-ilovasi o‘z kuchini yo‘qotganligi, shuningdek, 2026 yil 30 iyuldagi 36-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining nizomi to‘g‘risida, O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” Qonuni 82-moddasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashning 2026 yil 30 iyuldagi 36-sonli bayonnomasi 4-bandiga asosan Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining tarkibini shakllantirish haqida hamda Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 2026 yil 2-yarim yillik ish rejasi haqidagi masalalar yuzasidan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi – Ravshanbekov Davronbek Ravshanbekovichning hisobotlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

📥 Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida eng so‘nggi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni xohlaysizmi? Bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10