35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Fidokor mahallasida hududiy o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna Fidokor mahallasiga chiqib, hududdagi mavjud holatni o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahalla ichki ko‘chalarining obodonligi, shuningdek, drenaj tizimlarining holati va tozaligi ko‘zdan kechirildi.
Mahalla hududida ayrim joylarning temir to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilgani, drenaj tizimining yetarli darajada ishlamayotgani va yog‘ingarchilik vaqtida suv to‘planib qolayotgani yuzasidan aholi tomonidan murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan aniqlangan muammolarni tegishli mas’ullar bilan birgalikda o‘rganish, drenaj tizimini yaxshilash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari belgilab olindi.
Aholi murojaatlari — deputat nazoratida.

Slide 1 of 4