Yoshlar bilan kiberxavfsizlik bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati L. Niyozova tashabbusi bilan Husbudin mahallasi yoshlari bilan kiberxavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida yoshlarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, turli firibgarlik va kiberjinoyatlardan ogoh bo‘lish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.