“Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Qo‘ziyev Ravshan Raimovich hamda Kengash kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov tomonidan KQ-35-V-sonli qaror ijrosi yuzasidan “Xonchorbog‘” mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔎 Uchrashuv davomida mahalla yettiligining faoliyati, aholi bilan ishlash holati, hududdagi mavjud muammolar hamda fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
🗣 Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida ularning taklif va murojaatlari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish hamda qonuniy yechimini topish yuzasidan fikr almashildi.
📋 Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini aniqlash, ijtimoiy masalalarni manzilli hal etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
⚖️ Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-V-sonli qarorida belgilangan mahalliy Kengashlar deputatlari hamda “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, hududdagi aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish vazifalariga muvofiq amalga oshirildi.
📌 O‘rganish yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, aniqlangan masalalarni manzilli hal etish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🌿 Aholi murojaatlarini tinglash, muammolarni joyida o‘rganish va ularning qonuniy yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.