35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Barkamol MFYda yoshlar masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi bosh mutaxassisi O. Olimjonov tomonidan Barkamol MFYda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisi bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Suhbat davomida mavjud masalalar yuzasidan fikr almashilib, yoshlar bilan ishlashni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 2